Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «Avtomoyka»dan olib qochilgan «Nexia-3» Andijonda topildi, lekin...

Toshkentdagi «Avtomoyka»dan olib qochilgan «Nexia-3» Andijonda topildi, lekin...

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 22-fevral kuni soat 17:30 larda Toshkent shahri Sergeli tumani Qo‘yliq dahasida joylashgan avtomashina yuvish shahobchasida 29 yoshli Ziyoda R. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomashinasini yuvdirish maqsadida qoldirgan. Yollanma ishchi 37 yoshli Qahramonjon E. kaliti bilan qoldirib ketganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani noma’lum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu avtomashina Andijon viloyati YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududida shikastlangan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Qahramonjon E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Qahramonjon E.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti fuqarolarni moddiy boyliklariga befarq bo‘lmaslikka, o‘zi tanimagan shaxslarga  avtomashinani ishonib topshirmamaslikka chaqiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring