Toshkentdagi ba’zi hududlarda gaz vaqtincha o‘chirilmoqda

Bugun Yashnobod tumanidagi ba’zi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli soat 10:00 dan 18:00 gacha bir necha manzilgohlarda gaz ta’minoti bo‘lmaydi, ba’zilarida gaz bosimi pasayadi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi. Jumladan:
- D.Usmanova ko‘chasida;
- Karimova ko‘chasida;
- Uysozlar ko‘chasida;
- Mumtoz ko‘chasida;
- Ohangrabo ko‘chasida va ushbu ko‘chaning 1, 2, 3 va 4-muyulishlarida;
- Chashma ko‘chasi va uning 1, 2, 3 va 4-muyulishlarida;
- Shavkat ko‘chasi va uning 1, 2, 3 va 4-muyulishlarida;
- Sadaf ko‘chasida;
- Charos ko‘chasida;
- Muloyim ko‘chasida;
- Tabibiy ko‘chasida;
- Tabassum ko‘chasida
- Tolariq ko‘chasida;
- DXX harbiy shaharchasida vaqtincha gaz bo‘lmaydi.
Ta’mirlash ishlari tugatilganidan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter