Toshkentdagi «Badiiy ko‘rgazmalar» saroyida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 28-dekabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida «Badiiy ko‘rgazmalar» saroyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, yong‘in oqibatida ko‘rgazma saroyidagi xizmat xonasida 30 kv.m. maydonida xona jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter