Toshkentdagi bekat oldida ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani Shahriston bekati oldida odam o‘ldirib ketilganligi haqida xabarlar tarqalgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 2020-yil 12-dekabr kuni Yunusobod tumani, Gisar ko‘chasida shaxsi noma’lum yoshi taxminan 35-40 lardagi osiyo millatiga mansub ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter