Toshkentdagi ko‘cha qurilish sabab 6 oy muddatga yopildi

Illyustrativ foto.
Yakkasaroy tumani Usmon Nosir 2-tor ko‘chasining 200 metrlik qismi ko‘prik qurilish ishlari olib borilishi munosabati 6 oy muddatga yopilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi bu haqda ogohlantirish bilan chiqqan.
«Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz»-, deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter