Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi markaziy ko‘cha yopilmoqda

Toshkentdagi markaziy ko‘cha yopilmoqda

Ayni kunlarda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtimizning elektr ta’minoti tizimi uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida rekonstruksiya va qurilish ishlari olib borilmoqda.

Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab yangi elektr tarmog‘i qurilishi olib boriladi. Shu munosabat bilan 15-maydan to qurilish ishlari yakunlanguniga qadar Amir Temur shoh ko‘chasining Nukus ko‘chasi bilan kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lning bir tasmasi vaqtincha yopiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Toshkent shahar filiali noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring