Toshkentdagi masjidlardan birida o‘g‘irlik sodir etildi
![Toshkentdagi masjidlardan birida o‘g‘irlik sodir etildi](http://static.xabar.uz/crop/3/3/720_460_95_3317024546.jpg)
Ijtimoyi tarmoqlarda Sergeli tumanidagi masjidlardan birida o‘g‘irlik sodir etilayotganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
IIBB axborot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 13-noyabr kuni taxminan soat 12:30 larda noma’lum shaxs Sergeli tumanidagi masjidlardan birida namoz o‘qish uchun kelgan 1961-yilda tug‘ilgan R.J.ga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 3.500.000 so‘mga teng bo‘lgan 2 dona uyali telefon apparatini o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘irlik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter