Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «Sag‘bon» podstansiyasida avariya yuz berdi

Toshkentdagi «Sag‘bon» podstansiyasida avariya yuz berdi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr uzilishi yuz berdi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Olmazor tumanining: Qoraqamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4-mavzelari, «Paxta», «Tepa Guzar», «Gulzor» MFYlari, Noras Tepa, Nozimaxonim 3-tor, Sag‘bon 1-tor, Sag‘bon 2-tor, Sag‘bon 12-tor, Sag‘bon 13-tor, Keles yo‘li, O‘razboyeva, Oltinsoy, Moyariq, Moyqo‘rg‘on, G.Gafurov, Oxunboboyev hamda Dadabayeva ko‘chalari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kVA bo‘lgan «Sag‘bon» podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda, Olmazor tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

«Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi», – deyladi xabarda.

Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr o‘chishi quyidagi hududlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtashiga, ayrim joylarda esa suv bosimining pasayishiga olib keladi:

– Bo‘zsuv

– Xiyobontepa

– Bodomzor

– Yangi Tarnov

– Shayx Shivli

– Firdavsiy

– Iftixor

– Otchopar-1,2

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas