Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «Versal» restorani sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi «Versal» restorani sotuvga qo‘yildi

Foto:«Svadebniy ekspert»

«Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK ta’sischiligidagi «Tantana Servis» MChJ balansidagi «Versal» restorani sotuvga qo‘yildi.

Bu haqda «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK Axborot xizmati xabar bermoqda.

Restoran umumiy maydoni 0,3357 ga.ni egallagan. Ushbu xizmat ko‘rsatish ob’yekti O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli sanaladi.

Ma’lum bo‘lishicha, restoranning baholangan boshlang‘ich qiymati 34,6 milliard so‘mdan ziyod summani tashkil etadi.

Auksion ochiq ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi rejalangan. Mazkur auksonning o‘tkazilish muddati 15 iyunga belgilanib, arizalar 13 iyungacha qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring