Toshkentdagi YTHda to‘rt kishi jabrlandi

Joriy yilning 7-mart kuni soat 23:55larda 102 tizimiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan O.B. «Kobalt» rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib simyog‘ochga urilgan va o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1955 yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan yana bir «Kobalt» rusumli avtomobilga to‘qnashgan.
Natijada, haydovchi O.B. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobil yo‘lovchilari – 29 yoshli Sh.E., 30 yoshli S.Yu. hamda haydovchi A.Sh. va uning boshqaruvida bo‘lgan avtomobil yo‘lovchisi 27 yoshli V.Sh.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter