Toshkentdan Islomobodga aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Pokistonga parvozlarni kengaytirishni davom ettirmoqda. Lahorga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, kompaniya Toshkent — Islomobod — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham parvozlarni amalga oshiradi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha reyslar 2025-yil 14-iyundan boshlab har shanba kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (vaqtlar mahalliy):
- Toshkentdan uchish — 08:50
- Islomobodga yetib borish — 10:50
- Islomoboddan uchish — 11:50
- Toshkentga yetib kelish — 13:50
Uzbekistan Airways ushbu yangi yo‘nalish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm, savdo va madaniy aloqalarni yanada faollashtirishni ko‘zlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter