Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Rossiyaga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Rossiyaga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Yekaterinburg–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 13-martdan qo‘shimcha aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ rasmiy kanalida xabar berdi.

13 va 20 mart kunlari Toshkentdan Yekaterinburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Quyida havo kemalarining harakat jadvali e’lon qilingan:

Toshkentdan uchish: 19:00 (Toshkent vaqti bilan);
Yekaterinburgga yetib borish: 22:00 (Yekaterinburg vaqti bilan);
Yekaterinburgdan uchish: 23:40 (Yekaterinburg vaqti bilan);
Toshkentga yetib borish: 02:30 (Toshkent vaqti bilan).

Qayd etilishicha, Toshkent–Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 593 810 so‘m (bagajsiz), 2 966 363 so‘mni (bagaj bilan) tashkil qiladi. Yekaterinburg–Toshkent yo‘nalishidagi qatnov bileti narxi esa 25 429 rubldan (bagajsiz) va 29 409 rublgacha (bagaj bilan) bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring