Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda yo‘lovchi janjal ko‘tardi

«Moskva-Toshkent» reysi bilan uchib kelayotgan erkak samolyot bortida fuqarolar tinchligini buzib, ekipaj a’zolarini haqoratladi.
Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2022-yilning 17-aprel kuni «Moskva-Toshkent» reysi bilan uchib kelgan Rossiya fuqarosi A.L. havo kemasi bortida bo‘la turib, mast holda yo‘lovchi fuqarolarning tinchligini buzib, havo kemasi ekipajini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Shundan so‘ng, Toshkent shahri aeroportlarida XTB HPB katta inspektor X.M.Alimbayev tomonidan unga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Sirg‘ali tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, huquqbuzarga nisbatan jarima belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter