Toshkentga yangi bosh ekolog tayinlandi
Akmal Rasulov Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U bungacha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Boshqarmaning sobiq boshlig‘i Farhod Dehqonov poytaxtda moratoriyga qaramay daraxtkesarliklar to‘xtamayotgani sababli 1 fevralgacha ishdan chetlashtirib, uning oxirgi 2 yildagi faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter