Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentlik 25 yoshli yigit bedarak yo‘qoldi

Toshkentlik 25 yoshli yigit bedarak yo‘qoldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

1997-yilda tug‘ilgan G‘ulomov Abbosxon Axrorxo‘jayevich 12-fevral kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani, 15-kvartalida joylashgan uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Belgilari: bo‘yi 175 –180 sm, sochlari qora, ko‘zoynak taqadi.

Kiyimlari: qora kepka, qora charm kurtka, qora jinsi shim.

«Agar sizda yuqoridagi shaxsning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring