Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ayrim hududlari yarim sutkadan beri chiroqsiz qolmoqda

Toshkentning ayrim hududlari yarim sutkadan beri chiroqsiz qolmoqda

Foto: Xabar.uz

Ma’lumki, kecha 21-may kuni O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol esishi va yog‘ingarchiliklar kuzatildi. 

Shu sababli, ba’zi viloyatlar, jumladan poytaxt Toshkent shahridagi mahallalar ham elektr ta’minotisiz qoldi. 

Jumladan, o‘quvchilarimiz bergan ma’lumotga ko‘ra, Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa mahallasi kecha soat 18:00 dan buyon elektrsiz qolgan. 

Foto:Yangihayot tumani hokimligi. 

«21 maydan buyon elektr ta’minotida uzilish holati yuzaga keldi.

Bunga sabab, mahalladan o‘tgan 10kv kabel tarmoqlarida noma’lum tashkilot tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer qazish ishlari olib borilishi bo‘lib, natijada 10kv kabellar shikastlangan, oqibatda elektr taminotida uzilish sodir bo‘lgan. Albatta, mazkur vaziyat noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

Tuni bilan kommunal soha xodimlari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borildi. Ammo bitta nosozlik bartaraf etilishi bilan ikkinchi nosozlik holati kelib chiqdi va elektr ta’minotida qayta muammo yuzaga keldi.

Ayni vaqtda ham nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda», deyiladi Yangihayot tumani hokimligi xabarida. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring