Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ikki tumani ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ikki tumani ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

2025 yil 18–22 aprel kunlari Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Bu holat L-DOK-1 va L-DOK-2 yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bog‘liq. Eskirgan havo tarmoqlari zamonaviy kabel infratuzilmasiga almashtiriladi.

Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlari mavjud kommunikatsiya va elektr tarmoqlarining jismoniy va ma’naviy eskirgani sababli zarur bo‘lmoqda. Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, bu jarayon aynan bahor fasliga — issiq ob-havo va yuqori yuklama davridan avvalgi davrga rejalashtirilgan.

Ishlarning sifati, xavfsizligi va tezkorligini ta’minlash, shuningdek yoz mavsumida favqulodda uzilishlarning oldini olish maqsadida 132 nafar xodimi bo‘lgan 6 ta brigada, 39 ta maxsus texnika va 20 ta texnika safarbar qilinadi. Ushbu ta’mirlash ishlarida 21 672 metr elektr kabelini yangisiga almashtirish reja qilingan.

  • Olmazor tumanida uzilishlar quyidagi mahallalarni qamrab oladi:

«Ahil», «Elparvar», «Ibrohim ota», «Gulzor», «Qorasaroy», «Oltinsoy», «Moyariq», «Miskin». Shuningdek, mazkur hududlardagi ulgurji va xususiy iste’molchi ob’yektlar ham vaqtinchalik elektr ta’minotidan uziladi.

  • Yunusobod tumanida esa uzilishlar:

«Astraobod», «Turkiston», «Ming chinor», «Nurmakon», «Sobirobod», «Hamkorobod», «Katta Hasanboy», «Sharq haqiqati», «Registon», «Yo‘lariq», «Uch qahramon» mahallalarini qamrab oladi.

Elektr ta’minotidagi uzilishlar har kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha, ya’ni tarmoqdagi eng past yuklama vaqtlarida amalga oshiriladi.

Poliklinika, maktab, bog‘cha kabi ijtimoiy soha muassasalari ko‘chma dizel generatorlari orqali barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring