Toshkentning markaziy mavzelarida issiqlik ta’minoti va issiq suv to‘xtatildi

Poytaxt markazidagi Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasidan o‘tuvchi issiqlik tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelishi sababli ayni vaqtda tezkor ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. «Toshissiqquvvati» DUK xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan quyidagi manzillarda issiqlik va issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
— Amir Temur ko‘chasida;
— Sodiq Azimov ko‘chasida;
— Maxtumquli ko‘chasida;
— Gulyamov ko‘chasida;
— Shahrisabz ko‘chasida;
— Markaz-1 mavzesida;
— Markaz-2 mavzesida;
— Markaz-4 mavzesida.
Ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgach issiqlik va issiq suv ta’minoti qayta tiklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter