Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning uch hududida gaz o‘chadi

Toshkentning uch hududida gaz o‘chadi

Foto: Xabar.uz

Energetika vazirligi Toshkentning uch hududida gaz o‘chishini ma’lum qildi. 

Aytilishicha, Yangihayot tumani, «Yangi Choshtepa» massiviga kirish joyida D-530 mmli yer osti yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi.

Ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 27 yanvar kuni soat 17:00 dan 20:00 gacha Yangihayot tumandagi «Choshtepa» MFY dagi 1 069 ta uy xo‘jaliklarida hamda «Yangi Choshtepa» MFY dagi 48 ta ko‘p qavatli uylardagi 3 745 ta xonadonlarda va 13 ta ulgurji iste’molchilarda;

- Sergeli tumanidagi «Junariq» MFYdagi 745 ta uy xo‘jaliklarida hamda 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 120 ta xonadonlarda va 16 ta ulgurji iste’molchilarda;

- Chilonzor tumanidagi 24 ta mahalladagi 9 500 ta uy xo‘jaliklarida hamda 440 ta ko‘p qavatli uylardagi 22 000 ta xonadonlarda va 24 ta mahalladagi barcha ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring