Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshshahartransxizmat» AJga yangi rais tayinlandi

«Toshshahartransxizmat» AJga yangi rais tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Valiyev Moxirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

U bunga qadar «US ATI» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.

Valiyev Moxirxo‘ja Kamolxo‘ja o‘g‘li 1983-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2005).

2014-2017-yillarda — «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati raisining moliyaviy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017-yilda — «AZIA ABM TRANS» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring