«Toshshahartransxizmat» AJga yangi rahbar tayinlandi
Xo‘janov Aziz Majidovich «Toshshahartransxizmat» Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Xo‘janov Aziz Majidovich Transport vazirligi Ijro intizomi va nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
AJga shu paytgacha Sanjar Sattorov rahbarlik qilib kelayotgandi. Jamiyatning avvalgi rahbarlaridan biri Anvar Jo‘rayev dastlab ozodlikdan mahrum etilib, so‘ng ozodlikni cheklash jazosiga hukm etilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter