Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tovuq fermasida mayning ferma aniqlandi

Tovuq fermasida mayning ferma aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, «O.P.N.» MChJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona «Innosilicon T3+» rusumli mayning va boshqa qurilmalarni o‘rnatib, 106,5 mln. so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring