Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘yi kuni bedarak yo‘qolgan yigit topildi

To‘yi kuni bedarak yo‘qolgan yigit topildi

1997-yilda tug‘ilgan Abbosxon G‘ulomov 12-fevral kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani, 15-kvartalida joylashgan uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa uning nikoh to‘yi kuni sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, qidiruvga berilgan Abbosxon G‘ulomov topilgan. Uning holati yaxshi, xavotirga o‘rin yo‘q.

«Uning qidiruvida qatnashgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring