Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toyloqda yo‘qolgan bola Toshkentda topildi

Toyloqda yo‘qolgan bola Toshkentda topildi

Foto: Samarqand viloyati IIB

Toyloqda tumanida yashovchi, shu yilning 11-oktyabr kuni ertalab 08:00 larda uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 12 yoshli Fazliddinxon Maqsudxonov topildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Toyloq tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli qidiruv tadbirlari natijasida bola Toshkent shahri hududidan topilib, oilasi bag‘riga salomat qaytarildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring