Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning «asal oyi» va yangi rekord

Trampning «asal oyi» va yangi rekord

Foto: AP/Matt Rourke

Donald Tramp AQSh prezidenti kursisida o‘tirganiga 30-aprel kuni, ya’ni bugun roppa-rosa 100 kun to‘ladi.

Oval kabinetdagi «asal oyi» «juda zo‘r» o‘tdi — respublikachi prezidentning o‘zi shunday fikrda. Biroq shuncha jo‘shqin faoliyatiga qaramasdan, Trampni qo‘llab-quvvatlash reytingi quyilashda davom etmoqda, deb yomoqda Amerika matbuoti.

Amerika an’analariga ko‘ra, Oq uy rahbarining ilk yuz kunligi o‘ziga xos «asal oyi» hisoblanadi. Bu davrda tomonlar (prezident va uning muxoliflari) bir-birlarini «ayashadi».

Tramp faoliyatining ilk kunidan to 29-aprel tongiga qadar 139 ta qaror-farmonni imzoladi. Yangi va va mutlaq rekord! Ungacha AQSh prezidentlari rekordchisi Franklin Ruzvelt edi — ilk yuz kunlikda deyarli har kuni yoki jami 99 ta hujjatga qo‘l qo‘ygan. Davlat rahbarining ilk natijalarini hisoblash uchun yuz kunlik o‘lchov aynan Ruzveltdan boshlangan.

Trampning ba’zi farmonlari anchayin g‘aroyib: Meksika ko‘rfazini Amerikaniki qilib o‘zgartirishdan tortib penni (1 sentlik tanga)ni zarb etishni to‘xtatish yoki Amerikani «buyuklikka qaytarish»gacha. Kamiga u uchinchi muddatga qolish haqida hozirdan bosh qotirmoqda.

O‘tgan 100 kunlik yana shunisi bilan ham e’tiborliki, Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushini xuddi shu davr — siyosiy raqiblari eng kam qarshilik ko‘rsatadigan pallada hal qilishi kutilayotgan edi. Hozircha natijasini ko‘rmadik, ammo kelayotgan hafta muhim voqealarga boy bo‘lishi bot-bot takrorlanyaptiki, nimalardandir umid qilsa bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring