Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp davrida Rossiya NATOga hujum qilmaydi – The Washington Post

Tramp davrida Rossiya NATOga hujum qilmaydi – The Washington Post

Gaagada bo‘lib o‘tgan NATO sammitining asosiy sessiyasida Donald Tramp «Rossiya u prezident bo‘lganida NATOga hech qachon hujum qilmasligiga va’da berdi», deb yozadi The Washington Post Yevropaning uch rasmiy vakiliga tayanib. 

Sammitning asosiy mavzusi NATO mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish bo‘lib, bu borada ittifoq a’zolari kelishib oldilar. Bundan tashqari, Tramp sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida ular o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilmagan — u Zelenskiy bilan shunchaki «vaziyat qandayligini bilmoqchi bo‘lgan». Keyinroq Ukraina prezidenti ham «jang maydonidagi vaziyat haqida gaplashganini» aytdi.

Sammitning yakuniy deklaratsiyasida ham Ukrainadagi urush haqida so‘z yuritilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring