Tramp: «Dushanba kuni Rossiya borasida muhim qarorni qabul qilaman»

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushi holatini izohlar ekan, Rossiyadan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.
«Rossiyadan hafsalam pir bo‘ldi, lekin yaiin ikki hafta ichida nima bo‘lishini ko‘ramiz», – dedi Tramp 10 iyul kuni NBC News telekanaliga bergan intervyusida.
«O‘ylaymanki, dushanba kuni (14 iyul) Rossiya borasida muhim qarorni qabul qilaman», – dedi AQSh prezidenti va bu haqda batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi.
Biroq ayrim manbalar hujjat Rossiya nefti, neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uranni sotib oluvchi davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foiz boj to‘lashni nazarda tutishi haqida yozgan.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, u AQSh Senatidan senatorlar Lindsi Grem va Richard Blumental tomonidan ishlab chiqilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilishini kutmoqda. Trampning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi «prezidentga o‘zi xohlagan narsani qilish imkonini beradi».
«Boshqacha qilib aytganda, men undan foydalanishni xohlaymanmi yoki yo‘qmi, o‘zim hal qilaman. Ular (senatorlar) juda jiddiy va o‘ta qattiq sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qiladilar, lekin undan foydalanishni xohlash yoki xohlamasligini prezident hal qiladi», – dedi Tramp.
Donald Tramp so‘nggi kunlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni bir necha bor tanqid qildi. 3 iyul kuni ularning telefon qo‘ng‘irog‘idan so‘ng Tramp suhbatdan «juda hafsalasi pir bo‘lganini» aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter