Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eron bilan urushda Los-Anjeles yoki San-Diyego vayron bo‘lishi haqida gapirdi

Tramp Eron bilan urushda Los-Anjeles yoki San-Diyego vayron bo‘lishi haqida gapirdi

Foto: Expert

AQSh prezidenti Donald Tramp Los-Anjeles yoki San-Diyegoning vayron bo‘lishi mamlakat xavfsizligi uchun «kichik narx» bo‘lishi mumkinligini aytdi. Amerika rahbarining so‘zlari Kaliforniya va Los-Anjeles rasmiylarining tanqidiga sabab bo‘ldi.

Mediaite nashri xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Nebraskadagi mitingda Los-Anjeles yoki San-Diyegoning vayron bo‘lishi mamlakat xavfsizligi uchun «kichik narx» bo‘lishi mumkinligini aytdi.

«Bu dunyo va mamlakatimizni xavfsiz saqlash uchun to‘lanadigan kichik narx. Ular shaharni vayron qilishlari mumkin. Los-Anjelesni vayron qilishsin. San-Diyegoni vayron qilishsin. Bu juda kichik narx va barchasi tez orada tugaydi», dedi Donald Tramp.

Ikki shaharning vayron bo‘lishi mumkinligi haqida gapirgandan so‘ng, mitingda ishtirok etganlar qarsak chala boshladilar. Mediaite nutqdan Donald Tramp ikki shahar vayron bo‘lishi mumkin bo‘lgan gipotetik ssenariyni taqdim etganmi yoki bu sodir bo‘lishini nazarda tutganmi, aniq emasligini ta’kidlaydi.

Bu bayonot Eron bilan urushning oqibatlari va benzin narxlarining oshishi muhokamasi paytida yangradi. Donald Tramp mojaro tez orada tugashi mumkinligini aytdi.

Kaliforniya gubernatori X ijtimoiy media platformasida u AQSh prezidenti xorijiy raqiblarni Los-Anjeles va San-Diyegoni «vayron qilishga» chaqirayotganini aytdi. Gubernator Donald Trampni «aqldan ozgan va xavfli» deb qo‘shimcha qildi. Los-Anjeles meri Karen Bass ham X’da prezidentning vazifasi amerikaliklarga hujum qilish bilan tahdid qilish yoki ularni rag‘batlantirish emas, balki mamlakatni himoya qilish ekanini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring