Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp FQB tortib olgan hujjatlarni zudlik bilan qaytarishni so‘radi

Tramp FQB tortib olgan hujjatlarni zudlik bilan qaytarishni so‘radi

Foto: AP

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Florida shtatining Mar-a-Lago shahridagi mulkida tintuv o‘tkazish chog‘ida Federal qidiruv byurosi (FQB) agentlari tomonidan olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarib berishni so‘radi. Bu haqda siyosatchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga tayanib, New York Post nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, FQB xodimlari advokat-mijoz materiallari qutilarini (advokat va mijozning maxfiy hamkorligi to‘g‘risida), shuningdek, ijro hokimiyati tomonidan himoyalangan qog‘ozlarni tortib olishgan.

«Men bu hujjatlarni zudlik bilan olgan joylariga qaytarishlarini chin dildan so‘rayman. Rahmat!», – deydi Tramp.

Ma’lumot uchun, 8-avgust kuni FQB agentlari sobiq AQSh prezidentining Florida shtatidagi mulkida tintuv o‘tkazgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring