Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Harrisga to‘rtta «tebranuvchi shtat»da imkoniyatni boy bermoqda

Tramp Harrisga to‘rtta «tebranuvchi shtat»da imkoniyatni boy bermoqda

Foto: 19thnews.org

AQSh sobiq prezidenti va bo‘lg‘usi saylovda prezidentlikka nomzod Donald Tramp yettita «tebranuvchi shtat»ning to‘rttasida vitse-prezident Kamala Harrisga imkoniyatni boy bermoqda. Bloomberg agentligi va Morning Consult tashkiloti o‘tkazgan so‘rovda bunga oydinlik kiritildi.

Harris Trampni ortda qoldirayotgan shtatlar: Arizona (49 ga 47 foiz), Viskonsin (50 ga 47 foiz), Michigan (53 ga 42 foiz) va Nevada (47 ga 45 foiz).

Jorjiya shtati saylovchilari nomzodlarning ikkisiga ham bir xil — 47 foizdan ovoz berdi.

Trampni qo‘llovchi shtatlar: Pensilvaniya (Tramp — 50 foiz, Harris — 46 foiz) va Shimoliy Karolina (50 foiz — 46 foiz).

Umuman olganda, so‘rov natijalariga ko‘ra, Harris Trampni 1 foizga ortda qoldirmoqda: Harris — 48 foiz, Tramp — 47 foiz. So‘rov yetti shtatning 5 ming nafar saylovchisi o‘rtasida 2024-yilning 24-iyulidan 28-iyuliga qadar o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring