Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Kamala Harrisning erini ishdan bo‘shatdi

Tramp Kamala Harrisning erini ishdan bo‘shatdi

Foto: MainStyles

Donald Tramp Vashingtondagi holokost xotira muzeyi kengashi tarkibidan Duglas Emhoffni chiqarib yubordi.

Emhoffning o‘zi bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida yozib, Trampni holokost mavzusini siyosiylashtirishda aybladi.

Duglas Emhoff — AQSh sobiq vitse-prezidenti hamda Donald Trampning oxirgi prezidentlik saylovidagi raqibi Kamala Harrisning turmush o‘rtog‘i.

Emhoffning kelib chiqishi yahudiy bo‘lib, kengashga yanvarda vakolat muddati tugashiga uch kun qolgan Jo Bayden tomonidan tayinlangan edi. Odatda kengash a’zoligiga kiritilganlar besh yil faoliyat olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring