Tramp koronavirus vaksinasi qachon paydo bo‘lishiga shama qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi vaksina 3-noyabrga belgilangan prezidentlik saylovlarigacha paydo bo‘lishiga shama qildi. Bu haqda «Reuters» xabar bergan.
Ushbu fikr AQSh rahbari bilan jurnalist Geraldo Rivera o‘rtasidagi radioeshittirish paytida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida aytib o‘tilgan. Xuddi shunday savolga javoban Tramp vaksina yilning oxirida emas, ertaroq paydo bo‘lishini ma’lum qilgan.
Jurnalistning «Bu 3-noyabrda sodir bo‘ladimi?» degan savoliga prezident shunday javob berdi: «Menimcha, ungacha yaratilish ehtimoli bor, lekin umuman olganda — taxminan o‘sha paytlarda paydo bo‘ladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter