Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Milliy xavfsizlik kengashi a’zolarini Oq uyda to‘pladi

Tramp Milliy xavfsizlik kengashi a’zolarini Oq uyda to‘pladi

Donald Tramp Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan Kanadadagi G7 sammitini muddatidan avval tark etib, AQShga qaytdi, deb bayonot berdi Oq uy.

Avvalroq Pentagon rahbari Pit Hegset AQShdan qo‘shimcha kuchlarni Yaqin Sharqqa tashlashga buyruq bergandi.

«Dam olish kunlari men Qo‘shma Shtatlar Markaziy qo‘mondonligi mas’uliyat zonasiga qo‘shimcha kuchlarni jo‘natishni buyurdim», — degan u o‘z bayonotida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashingtonning bosh maqsadi Amerika kuchlarini himoya qilish, qo‘shimcha kuchlarning Yaqin Sharqqa tashlanishi «mintaqada mudofaaga tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan».

Fox News bergan xabarga ko‘ra, Tramp Milliy xavfsizlik kengashiga Oq uydagi Vaziyatlar xonasida tayyor bo‘lib turishni topshirgan. So‘nggi xabarga ko‘ra, Tramp va MXK a’zolari ishtirokida yig‘ilish boshlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring