Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Putin bilan gaplashdi, ammo Kiyevdagilar buni bilishmagan – The Washington Post

Tramp Putin bilan gaplashdi, ammo Kiyevdagilar buni bilishmagan – The Washington Post

Tramp o‘tgan payshanba kuni Putin bilan telefonda gaplashgan va uni Ukrainadagi urushni avj oldirishdan ogohlantirgan. Bu haqida The Washington Post gazetasi xabar berdi.

Tramp, shuningdek, mojaroni tezkorlik bilan hal etishga qaratilgan keyingi muzokaralardan manfaatdor ekanini qayd etgan.

WP’ning xabar berishicha, Tramp Putin bilan suhbatda «chegaralar masalasini ham qisqacha ko‘targan».

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham chorshanba kuni Tramp bilan suhbatlashgandi. Washington Post maqolasida aytilishicha, Kiyev Trampning Putinga qo‘ng‘iroq qilgani haqida xabardor bo‘lgan va suhbatga e’tiroz bildirmagan.

Biroq, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixiy bu ma’lumotni rad etdi va «Ukraina tomoni bu chaqiriq haqida oldindan xabardor qilingani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi»ni aytdi.

G‘arb matbuotiga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha Tramp va uning ittifoqdoshlari muhokama qilayotgan potensial kelishuv Moskva tomonidan bosib olingan hududlarning bir qismidan voz kechishni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, Moskva Trampning qaytishiga ehtiyotkorlik bilan, lekin umuman ijobiy munosabatda bo‘ldi. Yakshanba kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov «signallar ijobiy. U, hech bo‘lmaganda, qarama-qarshiliklar haqida emas, balki tinchlik haqida gapiryapti», degandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring