Tramp: Putin Ukrainaga javob qaytarishga hozirlanmoqda

Rossiya Ukrainaning qaqshatqich hujumiga javob beradi. Bu haqda RF rahbari Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbat chog‘ida ma’lum qilgan.
Tramp Putin bilan Rossiya aerodromlariga hujumlarni muhokama qilganini aytdi. Putin esa unga "javob berishga majbur bo‘lishini" aytgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 4 iyun kuni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan gaplashgani va Ukrainaning Rossiya strategik samolyoti urib tushirilishi bilan yakunlangan “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasini muhokama qilganini aytdi.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdim. Qo‘ng‘iroq taxminan 1 soat 15 daqiqa davom etdi. Biz Ukrainaning Rossiya samolyotlariga hujumini, shuningdek, har ikki tomon amalga oshirgan boshqa turli hujumlarni muhokama qildik", deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida.
Trampning aytishicha, bu yaxshi suhbat bo‘lgan, biroq “zudlik bilan tinchlikka olib keladigan suhbat emas”.
"Prezident Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumga javob berishga majbur bo‘lishini juda zo‘r aytdi. Shuningdek, biz Eron masalasini va uning yadroviy qurol bo‘yicha qaror qabul qilishi uchun vaqt o‘tib borayotganini, buni tezda qabul qilish kerakligini muhokama qildik", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter