Tramp Qozog‘istonga 25 foizlik boj solmoqchi

Donald Tramp Qosim-Jo‘mart To‘qayevga yozgan xatida Qo‘shma Shtatlar 2025-yilning 1-avgustidan Qozog‘iston mahsulotlariga 25 foizlik boj tariflari joriy etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Xat Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.
«Agar Qozog‘iston yoki mamlakatingiz kompaniyalari Qo‘shma Shtatlarda mahsulot ishlab chiqarsa tarif tatbiq etilmaydi, tez va professional darajada — boshqacha aytganda,bir necha haftada ruxsat olish uchun biz bor imkoniyatni ishga solamiz», — deyiladi jumladan xatda.
Shu kuni xuddi shunday xatlar Malayziya (25 foizlik boj), Laos (40 foiz), JAR (30 foiz), Myanma (40 foiz), Yaponiya (25 foiz) va Janubiy Koreya (25 foiz) rahbarlariga ham yo‘llangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter