Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp «Ukrainaning hududiy yaxlitligiga tahdid» munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etish ko‘zda tutilgan ijro hujjatini bir yilga uzaytirdi. Bu haqda RIA Novosti Oq uy ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Yuqorida gap ketayotgan 13660-raqamli farmon 2014-yilning 6-martida o‘sha paytdagi prezident Baraka Obama tomonidan imzolangan.

Farmon bilan Amerika tomoni Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzganlikda aybdor deb hisoblagan shaxslar va tashkilotlarga nisbatan cheklovlar joriy etadi. Shuningdek, ayrim shaxslar va mansabdor shaxslarning mamlakatga kirishiga cheklovlar, Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi uchun javobgarlik ham belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring