Tramp siyosat olamidagi eng zo‘r «shaxmatchilar»ni sanab o‘tdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Viskonsin shtatidagi chiqishida Rossiya, Xitoy, Turkiya hamda KXDR rahbarlarini «jahon miqyosidagi shaxmatchi»lar, deya ta’rifladi. O‘z navbatida, Tramp AQSh prezidentligi uchun saylovdagi asosiy raqibi Jo Baydenning yuqoridagi «grossmeysterlar» bilan bellashishga qodir emasligini yana bir bor ta’kidladi.
«Men bir narsani anglab yetdim — Putin, Si, Kim Chen In, Erdo‘g‘on — katta shaxmatchilar», — dedi Tramp.
Tramp bu yurishi bilan nima demoqchiligini anglash qiyinmas: amerikaliklarga yuqoridagi korifeylar — doimiy va ashaddiy raqiblarga qarshi turib bera oladigan (xuddi afsonaviy Bobbi Fisher kabi ) qahramon kerak. Va uning kimligini xalq hal qiladi. Va u Bayden emas. Uning nomini tepadagi kabi ro‘yxatga tirkash esa nokamtarlik bo‘lardi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter