Tramp va Kim uchrashuvining «ikkinchi raundi» qayerda o‘tkazilishi ma’lum

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Tramp–Kim uchrashuvining «ikkinchi raundi»ni Pxenyanda shu yil iyul oyida o‘tkazilishini taklif qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Janubiy Koreya gazetasi «Chunan Ilbo»ning yozishicha, Shimoliy Koreya va AQSh muzokaralarni yuqori daraja davom ettirish istagini bildirdi.
Ana shunday taklif bildirilgan Shimoliy Koreya yetakchisining maktubi 1-iyun kuni Trampga yetkazilgan edi.
Agar ertangi uchrashuv iliq o‘tkazilsa, «uchinchi raund» shu yil sentyabr oyida Vashingtonda o‘tkazilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter