Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Putin uchrashadigan joy aniq bo‘ldi

Tramp va Putin uchrashadigan joy aniq bo‘ldi

Foto: Gelio Photo

Oq Uy Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi o‘tkaziladigan joyni ma’lum qildi. Bu Alyaskaning Ankorij shahri hisoblanadi

Oq Uy matbuot kotibi Kerolin Leyvittning brifingda aytishicha, Amerika yetakchisi Ukrainadagi “harbiy harakatlarni to‘xtatishga qat’iy qaror qildi”. Brifing Associated Press’ning Youtube kanalida namoyish etildi. 

Rossiya tomoni hozircha Putin vaTramp o‘rtasidagi muzokaralar qayerda bo‘lishini izohlamadi. Avvalroq Rossiya prezidenti Alyaskaga 15 avgust kuni yetib borishi haqida xabar berilgandi. 

Uchrashuvning asosiy mavzusi Ukrainadagi kelishuv bo‘ladi. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun Rossiya-AQSh sammiti Ukraina inqirozi bilan bog‘liq hech qanday muammoni hal qila olmasligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea faqat Moskva va Vashington o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga tegishli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring