Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Zelenskiyga hujumga o‘tishni maslahat berdi

Tramp Zelenskiyga hujumga o‘tishni maslahat berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiyga Ukraina mudofaa holatida qolib, urushning borishini o‘zgartira olmasligini aytdi.

4-iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiyga telefon orqali muloqot chog‘ida Ukraina mudofaa holatida qolishi urushning borishini o‘zgartira olmasligini va hujumga o‘tish zarurligini aytdi, deb yozadi Washington Post ukrainalik rasmiyga asoslangan holda.

Ushbu suhbatning boshqa tafsilotlari ham OAVda yoritilgandi. Jumladan, Tramp Zelenskiyga Ukraina Moskva yoki Sankt-Peterburgni bombardimon qila oladimi, degan savol bilan murojaat qilgan va ukraina lideri bunga javoban qurol so‘ragan. 

Lekin keyinchalik Donald Tramp bu ma’lumotni rad etdi va Ukraina Rossiya markazlarida hujum qilishi kerak emasligini aytdi. 

AQSh prezidentining qo‘shimcha qilishicha, u Ukrainaga Rossiya poytaxtiga yetib borishga qodir uzoq masofali qurollarni yetkazib berish niyatida emas.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt ham Tramp haqiqatan ham Ukrainaning Rossiyaga zarba bera olishi haqida so‘raganini, biroq uning so‘zlari kontekstdan yulib olinganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp rag‘batlantirishni emas, shunchaki ma’lumot olishni xohlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring