Trampga boshqa mukofotni berish kerak — maslahatchi

Piter Navarro.
Oq uyning bosh savdo maslahatchisi Piter Navarro Fox telekanalidagi chiqishida prezident Donald Tramp Nobel tinchlik mukofotidan ham ko‘ra boshqa mukofotga loyiqroq ekanini ta’kidladi.
«Ko‘pchilik Donald Trampga tinchlik yo‘nalishida Nobel berish kerak, deyapti. Menimcha esa, butun dunyoga savdo iqtisodiyotini o‘rgatgani uchun, iqtisodiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga ham uning nomzodni ko‘rsatsa bo‘ladi. Negaki, bu xalqaro savdo tizimini yoppasiga poydevoridan boshlab qayta qurishdir», — dedi Piter Navarro.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter