Trampni qo‘riqlash choralari kuchaytirildi. Sabab aniq

AQSh Maxfiy xizmati vakillari Oq uy atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilganini tasdiqladi va bunga siyosiy faol Charli Kirkning o‘ldirilishi sabab bo‘lganini aytishdi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar berdi.
AQSh Maxfiy xizmatining boshqa vakillari esa Oq uy atrofidagi cheklovlar vaqtinchalik ekanligini aytishdi. Cheklovlar shu haftada bekor qilinishi mumkin.
Bugun The Wall Street Journal AQSh Maxfiy xizmati AQSh prezidenti Donald Trampni himoya qilish choralarini kuchaytirishi haqida xabar berdi. Washington Post gazetasi Oq uy atrofida himoya inshootlari o‘rnatilganini yozgan.
Konservativ faol Charli Kirk 10-sentyabr kuni Yuta universiteti kampusi hovlisida nutq so‘zlayotgan paytda otib o‘ldirilgan, o‘q bo‘yniga tekkan, natijada faol shifoxonada vafot etgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Charli Kirkning o‘ldirilishi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab bayroqlarni tushirishni buyurdi, AQSh vitse-prezidenti J.D.Vens esa marhumning oilasi bilan uchrashish uchun Nyu-Yorkka rejalashtirilgan safarini bekor qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter