Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning birinchi «ishsiz» kuni qanday o‘tdi?

Trampning birinchi «ishsiz» kuni qanday o‘tdi?

Foto: RBK

21-yanvarni Donald Tramp AQShning sobiq prezidenti sifatida kutib oldi. Tunni o‘z qarorgohida o‘tkazgan Tramp kunduzi golf o‘ynagani chiqdi.

«The Washington Examiner» yozishicha, sobiq prezident o‘ziga qarashli golf-klubga borgan. Qora tusli yo‘ltanlamaslar unga hamrohlik qilgan.

Trampning golfga ishqibozligi yangilik emas. Uni oldin ham bu o‘yin maydonida ko‘p uchratishgan.
Foto: «Assosiated Press»

Eslatib o‘tamiz, Tramp yangi prezident Jo Baydenning 20-yanvar kuni o‘tkazilgan inauguratsiya marosimida qatnashmagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring