Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning odami Kremlda: AQSh prezidenti bayonot bilan chiqdi

Trampning odami Kremlda: AQSh prezidenti bayonot bilan chiqdi

Foto: RIA Novosti.

Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashdi. AQSh prezidenti uchrashuv yakunlari bo‘yicha iliq fikr bildirdi

Trampning aytishicha, Uitkoffning Putin bilan uchrashuvida "katta yutuqlarga erishilgan".

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, uning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda samarali uchrashuv o‘tkazgan. 

"Mening maxsus vakilim Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda samarali uchrashuv o‘tkazdi. Muhim yutuqlarga erishildi! So‘ngra men Yevropadagi ba’zi ittifoqchilarimizga ma’lumot berdim. Bu urush tugashi kerak degan fikrga hamma rozi va biz yaqin kunlar va haftalarda shu maqsadda harakat qilamiz. Ushbu masalaga e’tibor berganingiz uchun tashakkur!" – deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida. 

Kreml bayonotiga ko‘ra, Uitkoffning Putin bilan Kremldagi uchrashuv taxminan uch soat davom etgan. 

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga “Ukraina inqirozi” va “Rossiya va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlikning ehtimoliy rivojlanishi istiqbollari” haqida “juda foydali va konstruktiv suhbat bo‘lib o‘tganini” aytdi. 

Shu bilan birga, Oq uy Rossiyaga qarshi ikkinchi darajali sanksiyalar 8 avgust e’lon qilinishi mumkinligini e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, Tramp Rossiyaga 12 kunlik muhlat bergan va bu 8 avgust kuni tugaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring