Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati qisman cheklanadi

Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati qisman cheklanadi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

27-28 aprel kunlari Toshkentda velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatining asosiy musobaqalari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan qator ko‘chalarda transport vositalari uchun harakatlanish qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, soat 11:00 dan 13:00 gacha Amir Temur, Alisher Navoiy, Sharof Rashidov, Afrosiyob, Nukus, Abdulla Qodiriy, Maxtumquli va Ohangaron shossesi ko‘chalarida harakatlanish qisman cheklanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring