Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 kunlik tanaffusdan so‘ng Urganch-Xiva yo‘nalishidagi trolleybus qatnovi qayta tiklandi

10 kunlik tanaffusdan so‘ng Urganch-Xiva yo‘nalishidagi trolleybus qatnovi qayta tiklandi

Transport vazirligi Urganch–Xiva–Urganch yo‘nalishida trolleybuslar yana yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaganini ma’lum qildi. Joriy yilning 20-noyabridan Urganch – Xiva – Urganch yo‘nalishidagi trolleybuslar harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.

Bunga Xorazm viloyati hokimligi Trolleybus boshqarmasiga qarashli yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida tegishli ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab qilib ko‘rsatilgandi.

Qayd etilishicha, 30-noyabrdan Urganch – Xiva – Urganch yo‘nalishida trolleybuslar harakati qayta tiklanib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish boshlangan.

Vazirlik xabarida mazkur yo‘nalishda 8 ta trolleybus tonggi 6:45 dan 18:45 ga qadar harakatlanishi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring