Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuman prokurori katta yordamchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Tuman prokurori katta yordamchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yil 25-aprel kuni soat 23:00 larda Marhamat tuman prokurorining katta yordamchisi B.P. «Neksiya» rusumli avtomashinasini «Marhamat-Asaka» transport qatnov yo‘li bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida piyoda B.B.ni avtomashinasining old qismi bilan urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, fuqaro B.B. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan o‘sha kunning o‘zida viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida sud-tibbiyot, sud-trassologik va sud-avtotexnika ekspertizalari tayinlangan. Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhum B.B. hodisa sodir bo‘lishidan avval ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilganligi aniqlangan. Mazkur holat marhumning yaqin qarindoshlari, hodisa sodir bo‘lishidan biroz avval ko‘rishgan do‘stlarining ko‘rsatmalari bilan ham tasdiqlangan. Shuningdek, tergov yo‘li bilan piyodaning qatnov yo‘lining o‘tish mumkin bo‘lmagan qismida avtomashinalar harakati yo‘nalishiga qarama-qarshi trayektoriyada harakatlanib kelganligi aniqlangan.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas