Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiy dunyo vakillari O‘zbekistondagi prezidentlik saylovini baholadi

Turkiy dunyo vakillari O‘zbekistondagi prezidentlik saylovini baholadi

Turkiy davlatlar tashkiloti, Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi hamda Ozarbayjon Respublikasi vakillari O‘zbekistonda 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yuzasidan munosabat bildirdi.

Toshkentda tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashgan turkiy dunyo kuzatuvchilari ovoz berish jarayoni milliy qonunchilik va xalqaro saylov mezonlariga muvofiq o‘tganini ta’kidlagan.

«Saylov professional tarzda, jiddiy qonunbuzarliklarsiz, ovoz berish tartib-qoidalariga rioya qilingan va shaffoflik ta’minlangan holda tashkil  etildi hamda o‘tkazildi. Missiya ma’muriy va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tuzilmalar tomonidan saylov jarayoniga ruxsatsiz aralashish holatlarini aniqlamadi», – dedi TDT bosh kotibining o‘rinbosari Sa’di Ja’farov.

Tashkilot kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qilgan S.Ja’farov O‘zbekiston xalqini saylovni muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan qutlagan va ushbu siyosiy hodisa turkiy dunyodagi qardoshlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga hissa qo‘shishiga ishonch bildirgan.

Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi kuzatuvchilariga boshchilik qilgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi a’zosi Xaluk Ipek ham saylov uchastkalari ochilishidan to ovoz berishgacha – barcha bosqichlarda qonunchilik talablariga rioya etilganini urg‘ulagan. TurkPA vakili saylov O‘zbekiston xalqi hamda butun turkiy dunyoga xayrli kelishini tilagan.

Saylovda Ozarbayjon qonun ijodkorlari ham kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Jumladan, Milliy Majlis raisining birinchi o‘rinbosari Ali Husaynli,  Parlament komissiyasi raisi Eldor Ibrohimov, «Ozarbayjon–O‘zbekiston» parlamentlararo do‘stlik guruhi a’zosi Javonshir Poshozoda va bir qator deputatlar muhim siyosiy voqeani kuzatib bordi. Tayyorgarlik, ovoz berish va ularni hisoblash jarayoni bilan bevosita tanishgan mehmonlarga ko‘ra, saylovda xalqaro me’yorlarga rioya etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring