Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish uchun kimdan ruxsat so‘rashi kerak?

Turkiya Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish uchun kimdan ruxsat so‘rashi kerak?

Foto: «Yandex.kz»

Turkiya Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi maqomini o‘zgartirishga va uni masjidga aylantirishga haqli. Bunda boshqa davlatlarning fikri bilan hisoblashib o‘tirmaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushog‘lu NTV telekanali orqali ma’lum qildi.

«Bu xalqaro mavzu emas. Avliyo Sofiya Usmonlilar mulkiga aylangach, masjid sifatida foydalanilgan. Bu suverenitetimiz masalasidir», — deb hisoblaydi vazir. Uning ta’kidlashicha, ibodatxonani YuNESKO butunjahon merosi ob’yektlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi bitimda uning maqomi haqida hech nima deyilmagan. Chavushog‘luning fikricha, Anqara faqat uning saqlanishi haqida qayg‘urishi kerak.

5-iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya ibodatxonasini rasman masjidga aylantirish uchun tayyorgarlik ko‘rishga topshiriq berdi.

Avliyo Sofiya ibodatxonasi milodiy VI asrda imperator Yustinian buyrug‘iga binoan barpo etilgan. Turklar Konstantinopolni zabt etgach, ibodatxonani masjidga aylantirishgan. Biroq 1935-yilda zamonaviy turk davlati asoschisi Mustafo Kamol Otaturk unga muzey maqomini bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring